16:17 / 10.05.2015
2443

JARda politsiya bilan to‘qnashuvda bir ishqiboz halok bo‘ldi

Janubiy Afrika respublikasi chempionatining 30-turida "Chippa Yunayted" va "Kayzer Chifs" klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng yuzaga kelgan politsiya bilan to‘qnashuvda bir ishqiboz halok bo‘ldi, deya xabar beradi AFP.

17 kun avval sempionlikni naqd qilgan "Kayzer Chifs"ning so‘nggi uchrashuvida final hushtagi chalinganidan so‘ng muxlislar maydonga yugurib chiqdilar. Ishqibozlardan biri politsiyachining qurolini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan va olishuvda qo‘qqisdan otilib ketgan o‘qdan halok bo‘lgan.

Manba: std.uz

Top