21:41 / 11.05.2015
2225

AQSh Davlat departamenti Kerri Sochida Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o‘zining Sochiga tashrifi chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti saytida ma'lum qilindi

Davlat departamenti vakili Mari Xarfning aytishicha, Kerri safari chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ikki tomonlama va mintaqaviy, shu jumladan, Eron, Suriya va Ukraina bo‘yicha masalalarning keng doirasini muhokama qiladi.  

“Bu tashrif rossiyalik yuqori lavozimli rasmiy shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha doimiy harakatlarimizning bir qismi hisoblanadi”, deyilmoqda xabarda. 

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining 12 mayda Sochiga kelishini tasdiqlagan edi.

 

Top