05:13 / 11.05.2015
1555

Belarus va Xitoy savdo-sotiq hajmini ikki marta oshirishni rejalashtirmoqda

Belarus va Xitoy ikki davlat o‘rtasida savdo-sotiq hajmini ikki marta oshirishni ko‘zda tutuvchi kelishuvlar paketini imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda BelTA agentligi xabar bergan. 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashuv davomida shunday bayonot bilan chiqish qildi. 

Bundan tashqari, Xitoy va Belarus do‘stlik va hamkorlik haqida kelishuv imzolaydi.

“Bu tarixiy hujjatdir. U bizning strategik hamkorligimizning yuqori darajasini yana bir bor ta'kidlaydi va ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi”, deb aytdi Lukashenko.

Davlatlar texnologiyalar va ilmiy-texnik innovatsiyalar almashish sohasida ham hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.  

Top