14:55 / 11.05.2015
1422

Chusovitina Varna shahrida mavsumdagi uchinchi g‘alabasiga erishdi

Bolgariyaning Varna shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Oksana Chusovitina eng yaxshi natijani qayd etdi.

Tayanib sakrash mashqlarini bajarish bo‘yicha Chusovitina 14,650 ochko to‘plagan va o‘zining asosiy raqibalari slovakiyalik Teya Belak (14,250 ochko) hamda shveysariyalik Juliya Shtayngruberni (14,050 ochko) sezilarli farq bilan ortda qoldirgan.

Bu natija 39 yoshli Oksana uchun mavsumdagi uchinchi yutuq bo‘ldi. O‘z vaqtida Olimpiada o‘yinlari g‘olibasi bo‘lgan gimnastikachi joriy yilning martida Germaniyaning Kotbuss shahrida, aprelda esa Sloveniya poytaxti Lyublyana shahrida o‘tkazilgan turnirlarda g‘olib bo‘lgandi.

Top