10:30 / 11.05.2015
2371

Fransiya “Mistral”larni Xitoyga sotishi mumkin

Fransiya hukumati Rossiya uchun qurilgan “Mistral” vertolyot tashuvchi kemalarini Xitoyga taklif qilishi mumkin. Bu haqda Want China Times gazetasi ma'lum qilmoqda.

Yozilishicha, muzokaralar ikki fransuz kemasining Shanxay portiga kirishi chog‘ida o‘tkazilishi mumkin. Bular Aconit “Lafayyet” toifasidagi fregati va “Mistral” toifali Dixmude vertolyot tashuvchi kemasidir.
Xitoy o‘z desant kemasini yaratish ustida ish olib bormoqda, Fransiya tomonidan Rossiya uchun yasalgan kemalar namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Top