10:41 / 11.05.2015
1925

Fransiya prezidenti Kubaga keldi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Kubaga tashrif buyurdi. Agence France-Presse agentligining ma'lum qilishicha, u Kuba rahbari Raul Kastro bilan uchrashuv o‘tkazadi.

“Frantsuzlar Yevropa va umuman G‘arb millatlari ichida Kubaning dunyo uchun ochilishini qo‘llab-quvvatlovchi birinchi millat bo‘ladi”, - deb ta'kidlagan Olland Gavanaga uchishdan oldin.
Shuningdek, u AQSh tomonidan iqtisodiy cheklovlarning kamaytirilishi orolning iqtisodiyoti yaxshilanishiga olib kelishini aytib o‘tdi.

Top