08:20 / 11.05.2015
3332

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston termasi Eron bilan o‘ynaydi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 ikkinchi saralash bosqichiga kirishish oldidan Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Saralashining ikkinchi bosqichi o‘yinlari 11 iyun kuni start olsa-da, 1-turda Mirjalol Qosimov shogirdlari dam oladi.

Ushbu vaziyatdan foydalanib, O‘FF Eron terma jamoasiga qarshi, 11 iyun sanasida Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvini 15 iyun kuni, Shimoliy Koreyaga qarshi safarda o‘tkazadi.

Top