13:43 / 11.05.2015
2196

Liviya qirg‘oqlari yaqinida Turkiyaning yuk tashuvchi kemasi o‘qqa tutildi

Turkiyaga tegishli yuk tashuvchi kema Liviyaning Tobruk shahri porti yaqinida o‘qqa tutildi. Bu haqda Anqaradagi manbalariga asoslangan holda Reyter nashri xabar qilgan.

Ma'lum qilinishicha, kemaga quruqlikdan ham, havodan ham hujum uyushtirilgan. Natijada kemadagilarning 3 nafari halok bo‘lgan, yana bir necha dengizchi jarohatlangan.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligida aytilishicha, hujum vaqtida kema betaraf hududda suzayotgan bo‘lgan.

Top