15:20 / 11.05.2015
2376

O‘zbekistonda nogironlar uchun uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda nogironlar uchun reabilitatsion uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlikning BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan va amalga oshirayotgan loyihasi doirasida nogironlarning zamonaviy asbob-uskunalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida chet el tajribasi o‘rganib chiqilib, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida bir fikrga kelindi. Nogironlar reabilitatsiyasiga mo‘ljallangan texnik vositalarni ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida seminarlar o‘tkazilib, shu paytgacha avtomobil, velosiped va mototexnika uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan bir qator korxonalar orasidan hamkorlar topildi. Ayni paytda ular tilga olingan uskunalarning dastlabki nusxalarini ishlab chiqarib, sinov maqsadlariga topshirgani ma'lum qilinmoqda.

Top