12:19 / 11.05.2015
1539

Polsha prezidenti refendum o‘tkazish niyati borligini ma'lum qildi

Polshada prezidentlik saylovlarining birinchi turi yakunlariga ko‘ra fuqarolarning fikr erkinligi, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish va moliyaviy qonunchilik borasida referendum o‘tkaziladi. Bu haqda OAV vakillariga amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy ma'lum qildi.

“Ishonchim komilki, jamiyatimizning jipslashishi va faollashishi natijasida bu sohadagi o‘zgarishlar tez amalga oshiriladi”, - deb ta'kidlagan mamlakat rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu g‘oya prezident ma'muriyatida ko‘pdan buyon mavjud, ammo saylov jarayoni o‘zgarishlarni tezlashtirish kerakligini ko‘rsatgan.

Top