13:22 / 11.05.2015
1500

Polsha prezidentligi uchun saylovdagi nomzodlardan biri konstitutsiyani o‘zgartirmoqchi

Polsha prezidentligi uchun saylovlarda muxolif sifatida  ishtirok etayotgan Anjyey Duda umumxalq referendumi o‘tkazish orqali mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartirish niyatini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bergan.

"Menda yangi konstitutsityaning qanday bo‘lishi haqida izchil g‘oya mavjud. Milliy referendum orqali qabul qilinishi kerak bo‘lgan yangi konstitutsiya orqali fuqarolar o‘z mamlakatida yashayotganini his qilishlari va mustaqil qarorlarni qabul qilishlari ta'minlanadi", deydi Duda.

Uning aytishicha, Polshada partiyalarni moliyalashtirish va soliq qonunchiligi bo‘yicha ham islohotlar o‘tkazish talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Polshada bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovining birinchi turidan keyin Duda o‘z raqibi hamda mamlakatning amaldagi prezidenti Bronislov Komorovskiydan biroz farq bilan ustunlik qildi. Muxolif partiya yetakchisi 34,8 foiz ovoz olgan, amaldagi prezident esa 32,2 foiz ovoz to‘plagan. Ikkinchi tur 24 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Top