12:58 / 11.05.2015
3848

Ramzon Qodirovning matbuot kotibi ichki ishlar boshqarmasi rahbarining 17 yoshli qizga uylangani haqidagi xabarni inkor qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning matbuot kotibi Alvi Karimov ichki ishlar boshqarmasi rahbarining 17 yoshli qizga uylangani haqidagi ma'lumotlarni inkor qildi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Ramzon Qodirov 60ga yaqinlashib qolgan politsiyachi Najud Guchigovga 17 yoshli Xeda Goylabiyevani ikkinchi rafiqa sifatida nikohiga olishga ruxsat bergani haqida ma'lumot tarqatilgan edi. Endilikda, Checheniston rahbarining matbuot kotibi bu xabarni inkor qilmoqda.

Bu borada Alvi Karimov “Govorit Moskva” radiosi efirida bayonot bergan.
“Hech qanday to‘y bo‘lgani yo‘q, - ta'kidlagan u. – Gapirishga arziydigan narsa yo‘q. Umuman olganda, maktabni bitirgan yoshi katta qiz o‘z hayotini o‘zi hal qilish huquqiga ega, lekin bunday masala hali ko‘tarilgani yo‘q”.

Top