12:28 / 11.05.2015
2802

Ronaldo: "Messi, Ronaldu va Neymar – ajoyib futbolchilar, ammo futbolga yulduzlar yetishmayapti"

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo bugungi futbol olamida yulduzlar tanqisligi kuzatilayotgani haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Istoé nashriga bergan intervyusida "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda "Barselona" hujumchilari Messi va Neymar nomlarini sanab o‘tgan. Uning fikricha, bu futbolchilar ajoyib hujumchilar hisoblanishadi, ammo uch nafar yulduz futbol olamiga kamlik qiladi.

"Men Zidanning Messi haqidagi fikriga qo‘shilaman, u ajoyib futolchi. Xuddi shu shu fikrlarni Ronaldu va Neymarga qo‘llasa ham bo‘ladi. Ammo futbolga yulduzlar yetishmayapti", - deydi Ronaldo.

Shuningdek, Ronaldo kelajakda murabbiy bo‘lib ishlamasligini ma'lum qilgan.

Top