10:52 / 11.05.2015
4253

Saudiya Arabistoni qiroli Obama bilan uchrashmaydi

Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma'lum qilishicha, mamlakat qiroli AQSh prezidenti Barak Obama bilan Oq Uyda va Kemp-Devid qarorgohida bo‘ladigan uchrashuvga bormaydi.

The New York Times gazetasida yozilishicha, qirol o‘rniga uchrashuvga mudofaa va ichki ishlar vazirlari boradi.
11 may kuni qirol Obama bilan telefon orqali muloqot olib boradi va o‘zining uchrashuvga bormaganining sabablarini izohlaydi.
Uchrashuv chog‘ida Yaqin Sharqdagi davlatlar siyosati masalalari muhokama qilinadi.

Top