05:53 / 11.05.2015
2377

Saudiya Arabistoni qiroli Yaman xalqini mazhabparastlikdan saqlab qolishni istayotganini aytdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Yamandagi operatsiya “qardosh Yaman xalqini mintaqadagi xavfsizlikka tahdid solayotgan sektant guruhlardan” qutqarishga qaratilganini aytmoqda. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Qirol isyonchilar “qo‘shni davlatlarga xavf solayotgani va mintaqada o‘z ta'sirini kengaytirishni urinayotgan xorijiy davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini” qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Avvalroq husiychilar Yamanda 12 maydan kuchga kirishi rejalashtirilgan tinchlik sulhiga rozi bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top