15:47 / 11.05.2015
1916

Xalqaro txekvondo federatsiyasi “SportAkkord” konvensiyasidan chiqadi

Xalqaro txekvondo federatsiyasi “SportAkkord” konvensiyasidan chiqishga qaror qildi. Bu haqda federatsiya bosh assambleyasining Chelyabinskda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra ma'lum qilindi.

“SportAkkord” Bosh assambleyasining 20 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida tashkilot prezidenti Marius Vizer Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini qattiq tanqid ostiga oldi, xususan, u hamda uning rahbari Tomas Bax o‘zlarining “2020 Dasturi” bilan sport federatsiyalari faoliyatiga xalaqit berayotganini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng Yengil atletika federatsiyalari xalqaro uyushmasi, Otish va kamondan o‘q uzish xalqaro federatsiyasi tashkilot tarkibidan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ulardan so‘ng “SportAkkord” tarkibini Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi tark etdi. Xalqaro txekvondo federatsiyasi bu qarorni qabul qilgan navbatdagi sport tashkiloti bo‘ldi.

Top