08:58 / 12.05.2015
2976

Los-Anjyelesda samolyot fyuzelaj ustiga qo‘ndi

Los-Anjyeles xalqaro aeroportida SkyWest Airlines aviakompaniyasiga tegishli layner favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda The New York Daily News nashri yozmoqda.
Qo‘nish chog‘ida samolyot shassisi oxirigacha tushurilmagan. U dastlab qo‘nish polosasi ustida bir necha marta aylangan va nihoyat kapitan uni fyuzelajga qo‘ndirishga qaror qilgan.
Samolyot bortidagi 40 yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a'zosiga zarar yetmagan.

Top