18:56 / 12.05.2015
2342

Olland Kubaga tashrifi davomida Fidel va Raul Kastro bilan uchrashdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Kuba poytaxti Gavana shahriga 1 kunlik tashrif uyushtirdi va kubaliklarning sobiq yetakchisi Fidel Kastro hamda amaldagi prezident Raul Kastro bilan uchrashdi va ayrim hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda ru.euronews.com nashri xabar qilgan.

Olland Fidel Kastro bilan kameralardan xoli joyda uchrashuv o‘tkazgan.

Fransiya rahbari AQShni Kubaga nisbatan embargoni to‘xtatishga chaqirgan. Uning tashrifi davomida Gavanadagi Markel portida qurilish ishlari olib borish orqali logistik markaz tashkil etishga kelishib olingan.

Olland shuningdek. Gavanadagi Xose Marti ibodatxonasini ziyorat qilgan.

Qayd etish joizki, Olland oxirgi o‘n yillar davomida Kubaga kelgan ilk yevropalik davlat rahbari bo‘ldi. Shuningdek, Olland oxirgi yuz yil ichida Kubaga tashrif uyushtirgan birinchi fransuz davlat rahbariga aylandi.

Top