07:49 / 12.05.2015
1916

Poroshenko va BMT Bosh kotibi Donbassga tinchlikparvar kuchlarning kiritilishini muhokama qilishdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun telefon orqali suhbat davomida Donbassga tinchlikparvar kuchlarning kiritilishi imkoniyatini muhokama qilishdi.

Bu haqda Poroshenko matbuot xizmati bergan xabarda aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Pan Gi Mun “Ukraina prezidentiga Moskvaga tashrifi yakunlari haqida axborot berdi. U Kiyevdagi kabi Moskvada Minsk kelishuvlarini bajarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT ofisini ochishni muhokama qilgan”. 

Avvalroq BMT kotibiyati Ukrainada Minsk kelishuvlarini bajarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT ofisi ochilgani haqidagi xabarni tasdiqlay olmagandi.

Top