22:36 / 12.05.2015
5721

Qo‘shiqchi Lola va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari urush faxriylarini bayram bilan tabriklashdi

8 mayda mashhur qo‘shiqchi Lola Yo‘lodsheva “Pomidor entertainment” prodyuserlik markazi bilan hamkorlikda Xotira va Qadrlash kuni arafasida urush faxriylari uchun bayram tadbirini tashkil etdi.

Tadbir doirasida tashkilotchilar va 23-mehribonlik uyining bir necha tarbiyalanuvchilari Toshkent shahrida yashovchi Ikkinchi jahon urushi faxriylari uylariga tashrif buyurib, ularni qutlug‘ bayram bilan tabriklashdi.

Bolalar faxriylarga bayram munosabati bilan o‘z qo‘llari bilan yaratgan ishlarini sovg‘a qildi.

Faxriylar bolalarga urush yillari bilan bog‘liq voqealar, bu mash'um kezlarda boshlaridan o‘tkazgan xotiralari va boy hayotiy tajribalari haqida gapirib berdi.

 

Top