05:04 / 12.05.2015
4035

Suriya TIV Turkiya bosh vazirining Sulaymon-shoh maqbarasiga tashrifi mamlakat mustaqilligini buzganligini ta'kidlamoqda

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lu Usmon imperiyasining asoschisi, Usmon I (G‘oziy Usmon-poshsha) ning bobosi – Sulaymon-shohning Suriyadagi maqbarasiga tashrif buyurib, “Suriya mustaqilligini jiddiy buzgan”. Bu haqda Suriya arab respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Feysal Mekdad ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turk hukumati rahbarining Suriya hududiga Damashq bilan kelishilmagan holda tashrif buyurishi “xalqaro me'yorlarning ochiqchasiga poymol qilinishi” hisoblanadi

“Turkiya ertami-kechmi Suriya mustaqilligini buzishda qilgan hamma qilmishi uchun jazolanadi”, deb aytib o‘tdi Mekdad. 

Anqara Suriya-Turkiya chegarasidan200 muzoqlikda, Kobanidan g‘arbda joylashgan hamda kurdlar nazorati ostida bo‘lgan Eshma qishlog‘iga tashrif buyurishi haqida Suriyani ogohlantirmagan. Dovudo‘g‘lu maqbaraga tashrif buyurgani 10 mayda ma'lum bo‘lgan edi. Bosh vazir bu holat yuzasidan hech qanday ommaviy bayonot bermagan. 

Sulaymon-shoh maqbarasi 22 fevralda turk qo‘shinlarining 700 nafar harbiysi va zirhli texnika ishtirokidagi maxsus operatsiya davomida Eshma qishlog‘iga ko‘chirilib o‘tkazilgan edi. Bungacha Usmon I bobosining qabri Suriyada, Turkiya chegarasidan30 kmuzoqlikda Jobir istehkomi yaqinida joylashgan edi. Bu hudud IShID jangarilari tomonidan bosib olingan. Biroq Suriya shimolida nasroniy cherkovlar va so‘fiylar qabrlarini vayronaga aylantirgan IShID jangarilari maqbaraga hech qanday shikast yetkazishmagan.     

Fevralda Suriya hukumati Turkiyaga Sulaymon-shohning qabrini ko‘chirib o‘tkazishda bir tomonlama qaror qabul qilganiga e'tiroz bildirgan edi va “Sulaymon-shoh maqomi to‘g‘risidagi 1921 yilda tuzilgan kelishuvni buzganlik uchun barcha javobgarlikni” Anqaraga yukladi.

Suriya Anqarani Turkiya hududidan mamlakatga bostirib kirgan yollanma terrorchilarga harbiy-logistik ko‘mak berayotganlikda ochiqchasiga ayblab kelmoqda. Jangarilar tomonidan Idlib shahri va Jisr-ash-Shuggur davonining bosib olinishi bunga oxirgi misol bo‘ladi. Suriya Tashqi ishlar vazirligi 28 aprelda BMT Xavfsizlik kengashiga yuborgan maktubida xalqaro hamjamiyatdan “Suriyaning shimoli-g‘arbida turk qurolli aralashuvini to‘xtatishga qaratilgan shoshilinch chora-tadbirlarni qabul qilishini” talab qildi. “Turk qo‘shinlari tomonidan jangarilarga ko‘mak berish BMTning mustaqil a'zo davlatiga qarshi ochiqchasiga tajovvuz hisoblanadi”, deyiladi maktubda. Suriya TIV fikriga ko‘ra, “bu BMTning terrorga qarshi kurashga tegishli rezolyutsiyalarining Anqara tomonidan buzilishining navbatdagi isboti bo‘lmoqda”.

Top