11:57 / 12.05.2015
1936

Toshkentda xalqaro neft-gaz ko‘rgazmasi boshlandi

Bugun Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida “O‘zbekiston nefti va gazi – OGU 2015” XIX xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ekspozitsiya O‘zbekistonda neft sohasining boshlanganiga 130 yil to‘lishi yubileyiga bag‘ishlanadi.

Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasidagi aloqalar uchun platforma yaratish, turli kompaniyalarning ishlab chiqarish salohiyatini namoyish etuvchi taqdimotlar o‘tkazish, sohadagi yangi tendensiyalarni muhokama qilish, mahorat maktablari o‘tkazish va tajriba almashishdir.

Tadbirda jahonning 20 mamlakatiga mansub 200 brend ishtirok etadi. Bular qatorida Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandiya, Polsha, Janubiy Koreya, Rossiya, Sloveniya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Chexiya, JAR kabilar bor.

Top