11:13 / 12.05.2015
3246

Tojikiston chegarachilari “G‘alaba estafetasi”ni o‘zbekistonlik hamkasblariga berishdi

Tojikiston chegarachilari “G‘alaba estafetasi”ni o‘zbekistonlik hamkasblariga o‘tkazishdi.

MDH davlatlari tashqi chegaralari bo‘ylab o‘tkazilayotgan “G‘alaba estafetasi” Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlanadi. 2015 yilgi Estafeta 2 fevral kuni Brest va Murmanskda bir paytning o‘zida boshlandi. Estafeta 2015 yilning 28 may kuni Moskvada, Poklonnaya tog‘ida yakuniga yetadi.

Estafetani o‘zbekistonlik chegarachilarga o‘tkazish marosimi ertalab So‘g‘d viloyati Matcho tumanidagi “Fotehobod” nazorat o‘tkazish punktida bo‘lib o‘tdi. Ichiga Tojikiston tuprog‘i solingan gilzani Tojikiston chegara qo‘shinlari polkovnigi Feruz Abdurazzoqovdan o‘zbekistonlik hamkasbi Dmitriy Gordeyev qabul qilib olgan. Buning yuzasidan o‘tkazilgan mitingda tuman hokimi G‘ayrat Azizzoda, urush va mehnat faxriylari, shuningdek, chegarachilar ishtirok etgan.
Tojikiston o‘z navbatida estafetani Qirg‘izistondan qabul qilib olgandi.

Top