10:17 / 12.05.2015
3110

Xorazmda tuyaqushlar parvarishi yo‘lga qo‘yildi

Xorazmning Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi Zamira va Ibrohim Jumaniyozov o‘z uyida Afrika tuyaqushlarini boqishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda xabar topgan tuman va viloyat rahbariyati ularga ikki gektar yer ajratib berdi. Shu tariqa ular oilaviy qush fabrikasiga asos soldi.
“Oila davrasida” gazetasining yozishicha, ularning o‘g‘illar Ibratjon va Ro‘zmatboy qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejini bitirgandan so‘ng parrandachilik korxonasiga qaray boshladilar. Qolgan yerda esa qushlar uchun yemish ekildi.
Parrandachilik fermasida 10ta ish o‘rni bor. Tuyaqushlardan tashqari, tovuslar, yapon tovuqlari, tog‘ qirg‘ovullari, kakliklar parvarish qilinmoqda. Bundan tashqari, oilaviy korxonada 1250 bosh o‘rdak va 1000 bosh bedana bor.

Top