12:45 / 12.05.2015
2012

Jon Kerri Sochiga tashrif buyurdi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Sochiga tashrif buyurdi. Bu haqda AQShning Rossiyadagi elchixonasi matbuot kotibi Uilyam Stivens Tvitterdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

Oxirgi marta AQSh siyosatchilari Rossiyaga 2013 yilning mayida tashrif buyurgan edi. Kerri ham rejalashtirib qo‘yilgan ushbu safarni ancha vaqtgacha orqaga surdi. Endi u Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashadi. Muzokaralar chog‘ida Yaman, Eron, Ukraina va Suriyadagi vaziyat borasida fikr almashiladi.
Ilgariroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv kun tartibi keng miqyosga ega ekanligini, ammo undan iqtisodiy sanksiyalar o‘rin olmasligini aytib o‘tgan edi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi mutasaddilari Jon Kerrining tashrifi o‘zaro munosabatlarning iliqlashuviga xizmat qilishidan umidvordir.

Top