06:57 / 13.05.2015
5671

Kerri Putin va Lavrov bilan muzokaralarda “ochiqchasiga bahs-munozara yuritilgani”ni ma'lum qildi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda “ochiqchasiga bahs-munozara” yuritilganini ma'lum qildi. Bu haqda amerikalik diplomat o‘zining tvitterda yozib o‘tgan.

“Prezident Putin va vazir Lavrov bilan Eron, Suriya va Ukraina kabi asosiy mavzular bo‘yicha ochiqcha munozaralar bo‘ldi”, deb yozdi Kerri.

Shuningdek, Lavrov Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralarni “ajoyib tarzda o‘tdi” deya baholadi.

Top