01:57 / 13.05.2015
1864

Massimiliano Allegri: “Real”ga qarshi javob o‘yini faoliyatimdagi eng muhim uchrashuv bo‘ladi”

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar ligasining yarimfinalida “Real”ga qarshi o‘tkaziladigan javob uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men birinchi marta “Santyago Bernabeu”ga kelayotganim yo‘q. Men bu yerga “Milan”dagi ilk mavsumimda tashrif buyurganman.

Bu o‘yin faoliyatimdagi eng muhim o‘yin bo‘ladi. Har kuni ham Chempionlar ligasining yarimfinalida o‘ynayvermaysan. Biz shu bosqichgacha yetib keldik va finalga chiqa olishimizga ko‘zimiz yetadi.

“Real”da hech qanday muammo mavjud emas. “Real” yuqori darajadagi klub. Uning tarkibida juda ko‘plab ajoyib o‘yinchilar to‘p suradi. Bu futbolchilar mehmonda o‘tkazgan uchrashuvlaridan ko‘ra o‘z uylarida ko‘proq muammo tug‘diradi oladilar, shuning uchun biz mukammal o‘yin ko‘rsatishimiz kerak”, deb aytdi Allegri. 

Top