06:54 / 13.05.2015
3982

Reaktiv sumkali ikki ixtirochi Dubay uzra parvoz qildi

Iv Rossi va uning sherigi Vens Reffet yelkaga osib olinadigan reaktiv sumkalar bilan Dubay osmoni uzra uchib o‘tishdi. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.

Ular o‘zlari yasagan sumkalar bilan sayohat qilishni cho‘llardan boshlashgan, orollar ustidan uchishgan hamda dunyodagi eng baland binoni aylanib o‘tishgan. Parvoz sayyohlar yonida uchib borgan samolyotning bortiga o‘rnatilgan kameralar hamda GoPro kameralari yordamida tasvirga olindi.  

“Jyetmen” laqabi bilan mashhur bo‘lgan shveysariyalik uchuvchi-ixtirochi Iv Rossi reaktiv odam va Ginness rekordlari kitobi rekordchisi hisoblanadi. Rossi avvalroq Boeing B-17 samolyoti yonida plastmassa qanotlarda uchib borgani bilan mashhur bo‘lib ketgandi.

Top