10:54 / 13.05.2015
3327

Rossiya va AQSh Donbassdagi muammolarni hal qilishda hamkorlik qilishga kelishib oldi

Rossiya va AQSh Ukrainadagi ixtilofni hal qilishda tomonlarga o‘zaro ta'sir ko‘rsatishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Sergey Lavrov matbuot vakillariga prezident Vladimir Putin AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuv chog‘ida shunday qaror qabul qilinganligini aytib o‘tdi.
“Ixtilofni kim tomonidan boshlanganidan qat'iy nazar, u juda cho‘zilib ketdi. Bugun biz yaqin haftalar ichida qanday odimlar tashlanishi haqida gaplashdik. Xususan, demilitarizatsiya, qurol-yarog‘ning olib chiqilishi va YeXHT monitoringini joriy qilish dolzarb masalaligicha qolmoqda”, – ta'kidlab o‘tdi Lavrov.

Top