19-21 may kuni Toshkentda VIII Respublika innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida xalqaro innovatsion forum o'tkaziladi. Bu haqda Fan va texnologiyani rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasining rasmiy sayti orqali axborot tarqatildi.

Tadbir tashkilotchilari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyani rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, iqtisodiyot vazirligi, Fanlar Akademiyasi, O'zbekiston prezidenti qoshidagi “Iste`dod” jamg'armasi, oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi, O'zbekiston savdo va sanoat palatasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatidir.

Forumdan ko'zlangan asosiy maqsad xalqaro innovatsion tizimlarning rivojlanish tendensiyalari, innovatsion faoliyat taraqqiyoti istiqbollari va muammolarini muhokama qilish, xususiy va davlat sektorlari orasidagi doimiy muloqot va aloqani ta`minlash, innovatsion sohada xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yishdir.