15:16 / 14.05.2015
1852

2015 yilning birinchi choragida kichik biznes sub'yektlariga kreditlar ajratish hajmi 1.3 barobar ko‘paydi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida kichik biznes sub'yektlariga ajratilgan kreditlar miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1.3 barobarga ko‘p bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank vakillari “Yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta'minlashda bank tizimining o‘rni” mavzusidagi matbuot anjumani chog‘ida bayonot berdi.

Shuningdek, oxirgi 10 yil ichida tadbirkorlik sub'yektlariga taqdim etilgan kreditlar hajmi 21 marta, mikrokreditlar hajmi 42 marta oshgani ma'lum qilindi.

Top