08:50 / 14.05.2015
2036

Afg‘onistonda mehmonxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi mehmonxonalardan biriga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.
The Washington Post gazetasida yozilishicha, uch nafar jangari xorijliklar turadigan Park Palace mehmonxonasiga bostirib kirgan. U yerdagi odamlardan kamida besh nafari halok bo‘lgan, uch kishi yaralangan.
Jangarilardan ikki nafari yo‘q qilingan, uchinchisi hanugzacha bino ichida ekanligi taxmin qilinmoqda.

Top