16:45 / 14.05.2015
4208

"Bavariya" va "Barselona" o‘yinidan keyin Gvardiola va Messi o‘rtasidagi qisqacha suhbat jurnalistlar e'tiborini tortdi

Ispaniyaning Sport.es nashri jurnalistlari Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan o‘rin olgan «Bavariya» va «Barselona» jamioalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin myunxenliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va «Barselona» yetakchisi Lionel Messining o‘zaro suhbatini talqin qilib ko‘rishdi.

3:2 hisobida g‘alaba qozonganiga qaramay, musobaqa bilan xayrlashgan «Bavariya» murabbiyi va kataloniyaliklar hujumchisi o‘rtasida qisqa dialog bo‘lib o‘tgan vaziyatni o‘rgangan jurnalistlar tahlil qilib o‘rganib chiqishdi.

«Yana qaytganingdan xursandman, Leo», deya o‘tgan yildagi futbolchining o‘yinidagi pasayishga ishora qilib o‘tgan Gvardiola. Argentinalik futbolchi esa bunga xotirjamlik bilan hazil va e'tiroz ohangida «Men hech qayerga ketganim yo‘q», deya javob bergan.

Top