16:36 / 14.05.2015
1551

Germaniyalik 102 yoshli ayol dunyodagi eng keksa fan doktorligiga nomzod bo‘ldi

Berlinda yashovchi neonatolog, 102 yoshli Ingeborg Rapoport dunyodagi eng keksa fan doktorligiga nomzod bo‘lib turibdi. The Wall Street Journal gazetasida yozilishicha, Rapoport xonim dissertatsiyasini Gamburg universitetiga 1938 yilda topshirgan, ammo onasi yahudiy bo‘lgani, o‘zi protestant bo‘lgani uchun himoyaga ruxsat ololmagan.

U faqat 2015 yildagina himoyaga chiqa oldi. Uning o‘g‘li Tomasning Gamburg bo‘yicha hamkasbi, Garvard tibbiyot maktabi professori Gamburg universitetining tibbiyot fakulteti dekani doktor Uve Kox-Gromusga Rapoport xonimning tarixini so‘zlab bergan. Dekan ikki professor bilan birga xonim bilan 45 daqiqalik suhbat uyushtirib, uning doktorlik dissertatsiyasini qabul qilib olgan.

Dissertatsiya ishi difteriyaga bag‘ishlanadi. Ushbu ilmiy ish yozilgan olis 1938 yilda bu AQSh va Yevropada bolalarning yalpi o‘limiga sabab bo‘layotgan dolzarb kasallik edi.
Himoya 9 iyun kuni Gamburgda bo‘lib o‘tadi.

Top