11:02 / 14.05.2015
2805

Kuvaytdagi dyuzdo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ilk medallarga ega bo‘lishdi

Kuvaytda davom etayotgan dyuzdo bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Sharofiddin Boltaboyev (- 73 kg) va Sharofuddin Lutfullayev (- 60) jamoaga dastlabki medallarni keltirishdi.
Boltaboyev finalda Janubiy Koreya vakili An Chang Rinuga mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan kifoyalandi. Lutfullayev esa bronza uchun kurashda g‘olib kelgan.
Qayd etish joizki, Sharofuddin Lutfulayev joriy yilda Turkiya, Polsha va Gruziya mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro Gran-prilarda g‘olib bo‘lgandi va 2016 yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Kuvaytdagi turnirda Rishod Sobirov (- 66 kg), Dildor Ubaydullayev (- 52 kg) va Shoxid Nazarov (- 57 kg) ham o‘z ishtiroklarini davom ettirishgan.
14 may kungi musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasining yana 5 nafar vakili tatamiga chiqadi. Bugun Yag‘yo Imomov (-81 kg), Sherali Jo‘rayev (-90 kg), Ramziddin Saidov (-100 kg), Abdulla Tangriyev (+100 kg) va Gulnoza Matniyazova (-70 kg) chiqish qiladi.

Top