18:20 / 14.05.2015
2192

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

2015 yilning 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Todd Chapmanni qabul qildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan turli sohalardagi hamkorlikni izchil rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston-AQSh muloqoti konstruktiv hususiyatga egaligi ta'kidlandi.
Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashar ekan Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa xalqaro muammolarga alohida e'tibor qaratdilar.
Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spartlen ishtirok etdi.

Top