14:17 / 14.05.2015
2251

Qirg‘izistonda 1 777 kishining nomi ekstremistlar ro‘yxatiga kiritildi

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi ekstremistik faoliyatda gumon qilinayotgan 1 777 kishining nomini maxsus ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Rafiq Mambetaliyev bayonot berdi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda O‘sh va Batkenda tartibsizliklar uyushtirilishi haqida tahdidlar tarqatilgan edi. Mambetaliyevning ta'kidlashicha, bu provokatsiyalarda gumon qilinayotgan 6 nafar fuqaro qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, ular bezorilik qilmoqchi bo‘lishgan, aniq ekstremistik rejalari bo‘lmagan. Shu bois ularga bezorilik aybi qo‘yiladi.

Top