Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv favqulodda choralar kuchlari Tojikiston hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Dushanbe aeroportiga Rossiya harbiy havo kuchlarining 17 dona Il-76 transport va bitta An-124 “Ruslan” samolyotlari kelib qo‘ngan. Ularda 98-diviziyaning parashyut-desant batalonidan 440 nafar askar hamda 60 texnika birligi mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Tojikistonga olib kelingan.