11:52 / 14.05.2015
3226

Vatikan Falastin davlatini rasman tan oldi

Vatikan Falastin davlatini rasman tan oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Rasmiy hujjatlarga ko‘ra, Vatikan diplomatik aloqalar doirasida avvalgidek "Falastinni ozod qilish tashkiloti" o‘rniga Falastin davlati deb murojaat qilishni afzal ko‘rmoqda.

“Ha, bu holat Falastin davlatining mavjudligini tan olishni bildiradi”, deb aytdi Vatikan matbuot kotibi.

O‘z navbatida, Isroil Vatikanning bu qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini bildirib o‘tdi.

Top