10:00 / 14.05.2015
1379

Jon Kirbi AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili etib tayinlandi

AQShning sobiq Mudofaa vazirligi vakili iste'fodagi kontr-admiral Jon Kirbi AQSh Davlat departamenti yangi vakili etib tayinlandi. Bu haqda davlat kotibi Jon Kerriga asoslanib, Fox News xabar qilgan.

“Men Jon Kirbining davlat departamentimiz rasmiy vakili etib tayinlanganini mamnunlik bilan qo‘llab-quvvatlayman”, - deydi Jon Kerri o‘z bayonotida.

13 may kuni Jon Kirbi Vashingtondagi brifingda tanishtirildi. Jurnalistlarning savollariga tashqi aloqalar mahkamasining boshqa vakili Jyeff Ratke javob bergan.

Ma'lumot uchun, Kirbi mazkur lavozimni Jyennifer Psakidan qabul qilib olgan bo‘lib, endilikda Psaki Oq uy aloqalari bo‘yicha direktor lavozimida ish olib boradi.

Top