08:41 / 15.05.2015
1481

AQShning BMTdagi sobiq elchisi Jon Bolton prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortdi

AQShning BMTdagi sobiq elchisi Jon Bolton prezidentlik saylovlarida ishtirok etish fikridan qaytdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

“Men ishonamanki, negizi kuch orqali tinchlik o‘rnatish bo‘lgan Reygen yuritgan tashqi siyosatni qo‘llagan holda bizning kelajagimizga katta hissa qo‘sha olaman”, deb aytdi Bolton.

Shu bilan birga Bolton o‘zini realist deb hisoblagani uchun uning saylovoldi kampaniyasi “baribir amalga oshmagan bo‘lardi”, deb ta'kidlab o‘tdi.

Bolton AQShning sobiq prezidentlari Ronald Reygan, Jorj Bush-katta va Jorj Bush-kichikning ma'muriyatlarida ishlagan. U tashqi siyosatda Rossiyaga qarshi keskin qarashlar tarafdori ekanligi bilan mashhur.

Top