09:33 / 15.05.2015
2411

Blyuz afsonasi Bi Bi King olamdan o‘tdi

Las-Vegasda taniqli gitarachi, blyuz yo‘nalishida shuhrat qozongan sozanda qo‘shiqchi Bi Bi King 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar tarqatdi.
Musiqachining huquqshunosi Brent Brayson Bi Bi King 14 may kuni 21:40da uyqudaligida olamdan o‘tganini ma'lum qildi.
Joriy yilning aprelida qo‘shiqchi diabet xastaligining o‘tkirlashuvi tufayli shifoxonaga yotqizilgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, u oxirgi 20 yil davomida diabetdan aziyat chekib kelgan. Sog‘lig‘i tufayli u 2014 yilda konsert faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgandi.

Top