09:23 / 15.05.2015
2469

Burundida prezident tarafdorlari va harbiylar orasida to‘qnashuvlar boshlandi

Burundi poytaxti Bujumburada hokimiyat tepasidan to‘ntarilgan prezident tarafdorlari va isyonchi harbiy qismlar orasida keskin janglar boshlanib ketdi.

Bujumburada davlat teleradiokompaniyasi yonida qattiq otishmalar ro‘y bergan. Bu haqda 14 may kuni AFP nashri harbiylar va guvohlarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

13 may kuni Burundi razvedkasining sobiq rahbari, general Godfrua Niyombare mamlakat prezidenti Per Nkurunziza va uning hukumati to‘ntarilganini e'lon qildi.

Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, armiya to‘ntarish tarafdorlari (asosan tutsi xalqi vakillari) va prezident tarafdorlariga (mamlakatning 80 foizini tashqil qiladigan xutu xalqi vakillariga) bo‘linib ketgan.

Bujumburaning turli burchaklarida otishmalar bo‘layotgani aytilmoqda. O‘nlab odamlar halok bo‘lgan. Davlat chegaralari va poytaxtdagi aeroport yopib qo‘yilgan.

Qayd etish joiz, Burundi rasman dunyodagi eng kambag‘al davlat deb tan olingan.

Top