Bugun Ramallohda Falastin arablari Naqba kunini nishonlamoqda.
Naqba (fojia) kuni shuningdek Falastin qochqinlarini xotirlash kuni sifatida ham ma`lum. U har yili 15 may kuni, Isroil davlatiga asos solingan sanadan bir kun keyin nishonlanadi.
Falastin faollarining ta`kidlashicha, 1948 yilning 14 may kuni Isroilning tashkil topishi 700 ming arabning o'z yurtini tark etishiga olib kelgan. Shuningdek, olti marta bo'lib o'tgan Arab-Isroil urushlari o'n minglab odamlar halok bo'lgan. 15 may kuni Falastin xalqi mana shu qayg'uli voqealarni yodga oladi.