09:08 / 15.05.2015
3001

Fransiya “Mistral”lar uchun olingan 785 mln yevroni Rossiyaga qaytarishga tayyor

Fransiya Rossiya bilan tuzilgan shartnomani bekor qilib, “Mistral”lar qurilishi uchun olingan 785 mln yevroni qaytarishga tayyor. Bu haqda “Kommersant'” gazetasi xabar bermoqda.
Nashrga ma'lum bo‘lishicha, Parij vertolyot tashuvchi kemalar yetkazish bo‘yicha shartnomani bekor qilish yuzasidan hujjat loyihalarini tayyorlab, ularni Moskvaga yuborgan. Rossiya mutasaddilari hujjatlarni ko‘rib chiqqach, murosaga erishilishi kutilmoqda.
Taxmin qilinishicha, Rossiya kemalarni uchinchi tomonga sotishga yozma ruxsatnoma bergandan so‘ng o‘z pullarini qaytarib oladi. Ammo, Rossiya kemalar qurilishiga va shu bilan bog‘liq ishlarga 1.163 mlr yevro sarflaganini da'vo qilmoqda; u Fransiya ko‘rsatilgan miqdordagi pulni qaytarmagunga qadar reeksportga yozma ruxsat bermaydi.

Top