16:18 / 15.05.2015
2679

O‘zbekistonlik sportchilar Seuldagi Jahon chempionatida yana 5ta medalni qo‘lga kiritdi

Koreyaning Seul shahrida davom etayotgan Jahon Chempionati va o‘yinlarida yurtdoshlarimiz terma jamoa hisobiga yana 5 medal qo‘shib qo‘ydilar.

Suzish bo‘yicha terma jamoa a'zosi Jumaniyozov Shoxzod kompleks suzish usulida barchadan ustun kelib, 02:23.41 natija bilan oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘sa, yana bir suzuvchimiz shu usulda 02:39.94 natijani ko‘rsatib bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Kumush medali rossiyalik sportchi Maksim Nikiforovga nasib etdi.

Dzyudo baxslarida -100 kg. vazn  toifasida Sharipov Shirin finalda 2012 yil London Paralimpiya o‘yinlari g‘olib, 2014 yil Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi koreyalik sportchi Gvin Guenni 01:05 daqiqa ichida ippon bahosi bilan mag‘lub etib, musobaqaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, -81 vazn toifasida 2012 yil London Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori Sharif Xalilov koreyalik sportchi Jung Minliga final olishuvini boy berib, kumush medalini olgan bo‘sa,  -90 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Shuxrat Boboyev yarim final bosqichida AQShlik sportchi 2014 yil Jahon chempiona Deyvan Dartaniyanni 01:42 daqiqada ippon bahosi bilan yengib bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Qizlar baxsida -63 kg. vazn toifasida Tursunposhsha Nurmetova yarim final bosqichida Shvedtsiyalik sportchi 2014 yil Yevropa chempioni Anna Ingridnini 24 soniyada ippon bahosi bilan yengib bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra Terma jamoa hisobida shu kunga kelib 5 oltin 2 kumush va 5 bronza medali qo‘lga kiritildi. Terma jamoamiz medallar soni bo‘yicha kuchli 6 likdan o‘rin oldi.

 

 

Top