18:15 / 15.05.2015
1735

Pike "Barselona" uchun muhim o‘yinlar oldinda turganini ta'kidladi

"Barselona" jamoasi himoyachisi Jyerar Pike mavsum borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.


"Bizni "Yuventus"ga qarshi o‘tkaziladigan muhim o‘yin kutib turibdi. YeChL finaligacha ham La Ligada o‘yinlarda maydonga tushamiz. Yana bir oy davomida o‘yinimiz saviyasini pasaytirmasdan, hujumkor uslubni davom ettirishimiz kerak. Biz hali mavsumda hech qanday sovrinni qo‘lga kiritmadik. Lekin, katta g‘alabalarga yaqin qoldi. Menga Ispaniya chempionligini qayerda nishonlashimiz ko‘p ham muhim emas. Lekin keyingi turda "Atletiko" bilan o‘yindayoq chempion bo‘lsak ajoyib bo‘lardi", deb yozadi Pike.

Top