16:58 / 15.05.2015
2073

Senatorlar BAA bilan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma'qullashdi

Senatorlar Birlashgan Arab Amirliklari bilan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma'qullashdi. Bu haqda 12news nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, ushbu hujjat bo‘yicha shartnoma 2014 yil 11 noyabrda O‘zbekiston delegatsiyasining BAAga qilgan tashrif chog‘ida imzolangandi.

Shartnomaga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni mamlakatga o‘tkazish va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Mazkur shartnomalarni ratifikatsiya qilish orqali o‘z jazosi ijrosini davom ettirishi lozim bo‘lgan davlatda qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslarning bir davlatdan boshqa davlatga o‘tkazish sohasida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlikka huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi, deb yoziladi xabarda.

Top