22:18 / 16.05.2015
18915

20 yilda millioner bo‘lish sirlari

Internetda ko‘plab qiziq savollar va bahs-munozaralarni uchratish mumkin, ulardan eng qizig‘ini e'tiboringizga havola etyapmiz. Fizik va tadbirkor Kris Xolms Parker Quora saytida hozirda 17 yoshda bo‘lsangiz va bor-yo‘g‘i 3 ming dollaringiz mavjud bo‘lsa, 40 yoshga yetganda qanday qilib multimillionerga aylanishingiz mumkinligi haqida gapirib berdi. Albatta, g‘oyalarining katta qismi amerikacha haqiqatga ko‘proq mos, biroq modelning o‘zini dunyoning istalgan burchagida qo‘llash mumkin.

40 yoshga yetganda millioner bo‘lish usullari

1. 3 ming dollar yig‘ib qo‘ying. Iqtisod qilish, ishlash va har bir chaqani yig‘ishda davom eting. Bankdagi depozitda 3 ming dollar yig‘ing (men yarim yillikni maslahat beraman). Bu uncha katta bo‘lmagan foizli omonat hisobidir. Bu yerda bir muddat mazkur pullarni ishlatish imkoni bo‘lmasligi juda muhim.

2. 18 yoshga to‘lganingizda ota-onangizdan uzoqda, bepul yashab ko‘ring. Men o‘z dissertatsiyamni yozayotgan davrimda buni quyidagicha tashkillashtirgan edim. Uncha qimmat bo‘lmagan, ikkita yotoqhonasi va ikkita mashina uchun mo‘ljallangan garaji bo‘lgan xonadonni izlab topdim (voqea Oregonda sodir bo‘lgan edi). Bir oy uchun ijara haqi 850 AQSh dollariga teng edi (internet, suv, elektr energiyasi, chiqindini olib ketish hammasini qo‘shib hisoblaganda).  Keyin mazkur uch xonani oyiga 425 AQSh dollaridan ijaraga berdim (umumiy hisobda 1275 AQSh dollariga teng bo‘ldi). Natijada men garajda bepul yashay boshladim. Mana sizga ijradan iqtisod qilish usuli. Bir oyda 425 AQSh dollarni iqtisod qilish esa ularni ishlab topishday gap. Bu maosh hajmini oshirmay turib, daromadni oshirishning samarali usulidir. Muhimi turar-joyni diqqat bilan tanlashdir.

3. Bo‘sh vaqtingizda riyeltorlikka o‘qib, lizenziyaga ega bo‘ling. Shunday qilsangiz, shaxsiy ko‘chmas mulkni sotib olish va sotishingiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun yarim yil ketadi. Bundan tashqari, ko‘chmas mulkni boshqarish va unga sarmoya kiritishni o‘rganing (spekulyatsiyani emas). Siz doimiy daromad keltiradigan ko‘chmas-mulkkagina sarmoya kiritasiz.

4. 21 yoshga kirguningizga qadar ishlash va pul yig‘ishda davom eting. 18 yoshdan keyin sizda ikki xil variant bor: ishlash yoki kollejga o‘qishga kirish. Har nima bo‘lganda ham ofarin sizga. O‘qiyotgan paytingizda yarim kunlik va yozgi ta'til paytida ishlash imkoniyati bo‘lgan ish toping. Shunday qilsangiz yil davomida 10-20 ming dollar yig‘ish imkoniga ega bo‘lasiz (bu ish va uning miqdoriga bog‘liq). Har qanday holatda ham yiliga 8 mingdan kam pul yig‘masligingiz lozim. Sizga turar-joydan iqtisod qilish bo‘yicha maslahatim asqotadi. Agar undan ko‘p miqdorda pul yig‘a olsangiz juda yaxshi! Ko‘p narsa siz tanlagan yo‘lga bog‘liq bo‘ladi: ish yoki o‘qish. Agar kollejga o‘qishga kirgan bo‘lsangiz, o‘qish pulini to‘lash uchun manbaga egasiz: ota-onangiz yoki yana qandaydir yo‘l orqali.

5. Endi esa jamg‘armangiz haqida gaplashamiz. 19 yoshga to‘lganingizda 10 ming dollardan ortiq jamg‘armaga ega bo‘lishingiz kerak (mo‘'tadil, konservativ variant). 20 yoshda esa 19 ming dollar. 21 yoshga yetganingizda jamg‘armangiz 29 ming dollarga teng bo‘lishi kerak (30 ming dollar yig‘ishni maqsad qiling). Agar bunga erishishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsangiz, sizga o‘z tabriklarimni bildirib o‘taman. Siz juda ko‘plab insonlardan bir qadam oldindasiz.

6. To‘rtta xonadonga ega bo‘lgan turar-joy sotib oling. Joyiga qarab u 200-300 ming dollar turishi mumkin Misol uchun, siz bunday uyni davlat ipoteka dasturiga muvofiq kreditga 250 ming dollarga sotib oldingiz. Daslabki badal 3,5 foizni tashkil etadi, ya'ni 9 ming dollarga teng bo‘ladi (29 ming dollarli jamg‘armangizning 9 ming dollari aynan shuning uchun ishlatiladi.) Bundan tashqari, odatda 3,5 foizi kelishuv xizmatlariga sarflanadi. Omadni qarangki, biz oldindan o‘ylab, 3-qadamda riyeltor litsenziyasiga ega bo‘ldik. Bu degani ko‘chmas-mulkni sotib olish payida o‘zingizni agent sifatida namoyish etib, natijada kelishuv summasidan 2 foiz tejab qolishingiz mumkin (ya'ni 5 ming dollar). Umumiy hisobda19 ming o‘rniga 13 ming to‘laysiz.  Misol uchun, Salemda 250 ming dollarga bunday to‘rtta xonadonga ega bo‘lgan uyni osonlikcha topish mumkin. Sizning ipoteka bo‘yicha oylik harajatlaringiz 1,6 ming dollarga teng bo‘ladi (buning ichiga soliq, sug‘urta va ipotekaning o‘zi ham kiradi). 3,5 foizli dastlabki imtiyozli badal davlat ipoteka dasturi bo‘yicha ilk marotaba ko‘chmas-mulkni ipotekaga olayotganlar uchun berilishi ko‘zda tutilgan. 

Ana endi yaxshi narsalar haqida suhbatlashamiz. Siz to‘rtta xonadonga ega bo‘lgan uyni sotib oldingiz, mazkur joyda bunday xonadonni odatda 700 AQSh dollariga ijaraga olish mumkin. Demak, sizda oyiga ijaradan kelib tushadigan 2,8 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan salohiyatli daromadingiz mavjud. Tasavvur qiling, mazkur xonadonlardan birida o‘zingiz istiqomat qilasiz, u holda daromad 2,1 ming dollarga teng bo‘ladi, shuni unutmaslik lozimki, uning to‘lganlik holati 95 foizga bo‘sh bo‘lishi mumkin. Demak, ijaradan kelib tushuvchi real daromad 2 ming dollarga teng bo‘ladi. Shunday qilib uchta xonadonning ijarasi sizning turar-joyingiz haqini to‘lamoqda. A'lo natija! Demak, ipotekani chiqarib tashlasak, ana endi siz oyiga qo‘shimcha 400 AQSh dollariga ega bo‘layapsiz, bu esa yiliga 4,8 ming dollarga tengdir. Sizning ijaradan keladigan qo‘shimcha 400 AQSh dollaringiz umumiy hisobda 1,1 ming dollarni ipotekani muddatidan oldin to‘lashga sarflash mumkin. Agar shunday qilsangiz, ipotekani o‘n yil ichida yopish mumkin (ijara haqi yiliga oshib boradi va h.k).

Agar o‘z xonadoningizdagi xonalarning bir qismini ijaraga bersangiz, ipotekani yana ham oldinroq to‘lab bo‘lasiz. Ikkita qo‘shnidan oyiga qo‘shimcha 700 AQSh dollarini olishingiz mumkin. Demak, oldindan to‘laydigan 1,1 ming dollarga yana 700 AQSh dollari ham qo‘shildi. Bu esa sizga ipotekani  bor-yo‘g‘i 8 yil ichida to‘lash imkonini beradi!

7. Siz 30 yoshga yaqinlashib qoldingiz. Kreditni esa butunlay to‘lab bo‘ldingiz. Bundan tashqari, endilikda uyingiz 250 emas, 370 ming AQSh dollariga teng (10 yil davomidagi standart o‘sish tufayli). Ijara haqi ham o‘sdi. Endilikda oyiga 3,8 ming dollar “tug‘adigan” mulkka egasiz. Ya'ni, bu yiliga 45 ming dollar degani. A'lo! Siz daromadlilik chizig‘idan ancha oldinlab ketdingiz.

8. Davom etamiz. Mazkur bosqichda keyingi sarmoya sifatida men tijorat ko‘chmas mulki  - turur-joy kompleksini tavsiya etaman. Siz 370 ming dollar miqdoriga ega bo‘lgan ko‘chmas-mulkka egasiz. Bundan tashqari, sizning birinchi uyingiz yiliga 40 ming dollar daromad keltirmoqda (xarajatlarni ayirib tashlaganda) va bundan tashqari sizda 30 ming dollar mavjud. Bu bosqichda omonatlaringizni ancha oshirishingiz mumkin. Men bir yil davomida hamma narsadan tejashingizni maslahat bergan bo‘lar edim (agar o‘sha hayot tarzini yashashda davom etilsa 50 ming dollarga yaqin pul yig‘ish mumkin bo‘ladi). Bu pullarni avvalgi omonatlarning qoldiqlariga qo‘shish mumkin (misol uchun, oltinchi qadamdan sizda 16 ming dollar qolgan bo‘lishi kerak). Demak, 1,5 million dollar miqdoridagi ilk badali 20 foizni tashkil etadigan tijorat kreditini olasiz. Dastabki ko‘chmas-mulkni badal sifatida ishlatishingiz mumkin. Ushbu kreditni avvalgi chizmaga qarab o‘n yoki undan kam muddatda yopish mumkin. 1,5 million dollarga siz 8-12 xonadonga ega bo‘lgan kompleks sotib olishingiz mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, yetti yil o‘tgach, ikkita ko‘chmas mulkka ega bo‘lasiz: 487 ming dollar qiymatiga teng bo‘lgan to‘rtta xonadonli uy va 2 million dollarga teng bo‘lgan turar-joy. Eng yoqimli tomoni ular sizga ijaradan yiliga o‘rtacha 166-220 ming dollar daromad olib keladi.

Tabriklayman! 38 yoshga yaqinlashib qoldingiz, daromadingiz yiliga 200 AQSh dollarni tashkil qiladi, ko‘chmas-mulk ko‘rinishidagi mablag‘ingiz esa  - 2,5 millionga teng.

Bunga erishish mumkin, ko‘plab insonlar aynan shunday yo‘l tutadilar. Oila qurish va farzandli bo‘lishga qaror qilsangiz, muddat bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin. Bundan tashqari, kollejga o‘qishga borishingizni hisobga olib, daromadning eng minimal darajasini ko‘rsatib o‘tdim, agar kollejda o‘qib, muhandis bo‘lib ishlasangiz, daromad ko‘proq bo‘ladi va bu rejani yana ham tezroq amalga oshirishga muvaffaq bo‘lasiz. Men bor-yo‘g‘i shablonni belgilab chiqdim.

Quyidagi qo‘shimcha maslahatlar ham sizga yordam beradi

Mutolaa. Biznesda boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish uchun quyidagi kitoblarni o‘qib chiqishni maslahat beraman: “Badavlat ota, qashshoq ota” (R. Kiyosaki), “Tafakkur qil va boyib ket” (N. Xill) va “Dunyodagi eng buyuk savdogar” (O. Mandino). Agar yaqin bir necha yil ichida muzkur uncha qalin bo‘lmagan kitoblarni o‘qib chiqsangiz, bu sizga boylik yo‘lida qo‘l keladi.

Tejash. Yuqorida keltirilgan uslub, har bir bosqichda yetarli miqdorda omonatga ega bo‘lishni nazarda tutadi, shunday qilsangiz tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lasiz. Tejash kutilmagan xarajatlarni qoplashda yordam berishi mumkin. Yarim yil va undan ortiq bo‘lgan muddatda odatiy xarajatlaringizga asoslangan qalqonni saqlab turing. Bu qora kun uchun zaxira vazifasini bajaradi.

Pul oqimi. Yuqorida keltirilgan sarmoya kiritish strategiyasi turar-joy narxining o‘sishi emas, investitsiya obektidan daromad olishga asoslangan. Men ko‘chmas mulk narxining yillik o‘sishining o‘rtacha 4 foizini ko‘chmas mulkka va 3 foizini ijaraga kiritdim. Barcha sarmoya daromadning o‘sishiga qaratilishi zarur, narx o‘sishiga umid qilmang. Aynan shu holatda insonlar so‘nggi pullari bilan xayrlashadilar.

Mana, sizlar bilan millioner bo‘lish usullari bilan tanishib chiqdik. Albatta, bu ko‘rsatmalar 100 foiz aniq, deb aytish mushkul, bundan tashqari u amerikacha haqiqatga asoslangan holda tashkil etilgan. Biroq o‘zimizda mavjud bo‘lgan bor imkoniyatlarni ishga solgan holda, maslahatlarni o‘zimizga joriy qilishimiz ham mumkin. Misol uchun, birinchi qadamda keltirilgan tejash punktini olaylik. Ko‘pchiligimiz ko‘p pul topgan inson  badavlatdir, deb hisoblaymiz. Biroq dunyodagi millioner insonlar hayot o‘gitlarini o‘qib shunga amin bo‘lamizki, boy inson bo‘lishning ilk tilsimi pulni tejay bilish va to‘play olishdadir. Aynan shunday yo‘l tutganlar pulning qadrini boshqalarga qaraganda teranroq anglashadi, menimcha. Sizning bu boradagi fikrlaringiz bizga juda qiziq. Biz bilan o‘rtoqlashsangiz, mamnun bo‘lamiz.

Top