17:42 / 16.05.2015
14376

Andijon viloyatida IIB rahbarining o‘rinbosari o‘zgardi

O‘zbekiston IIV rahbari tomonidan joylarda ichki ishlar bo‘limlariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda "Postda" gazetasi xabar berdi.
Xususan, podpolkovnik Dilshod Xolmatovich Mirzamamedov Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, podpolkovnik Muzaffar Azamatovich Ochilov Xorazm viloyati Urganch tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

 

Mayor Abdulla Habibullayevich Abdullayev Xorazm viloyati Yangiobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, mayor G‘ulom Masharifovich Sharipov esa Xorazm viloyati Shovot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Top